
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abdulla Abdullayev BAAning «Dibba Al Fujayra» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub instagram sahifasida e’lon qildi.

U yangi jamoasida 8-raqam ostida harakat qiladi. Abdullayev 2023-yil yozida BAAning boshqa bir klubi – «Xorfakkan»dan «Paxtakor»ga ko‘chib o‘tgandi. Futbolchi Toshkent klubidagi joriy mavsumda 14 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bobur Abduxoliqov «Paxtakor» futbol klubiga o‘tgani haqida xabar bergan edi.