«Paxtakor» yana bir iroqlik futbolchini tarkibiga qo‘shib olishi kutilmoqda

18-iyul 2025 17:30 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Foto: Gettyimages

Iroqlik futbolchi Zaid Tahsin «Eyr Fors» jamoasini tark etganini ma’lum qildi. Tez orada u «Paxtakor» klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu haqda «Chempionat.asia» nashri xabar berdi.

Tahsin Instagram’dagi sahifasida xayrlashuv maktubini qoldirdi.

«Barchangizga hammasi uchun rahmat aytmoqchiman. «Eyr Fors» va uning muxlislari doim qalbimda qoladi. Bugun klub bilan shartnomam yakunlanganini e’lon qilaman. Tez orada faoliyatimga oid yangilikni e’lon qilaman», deydi futbolchi.

Ayni vaqtda Zaid Tahsin Toshkentga yo‘l olgan va «Paxtakor» bilan rasmiy shartnoma imzolashi kutilmoqda. Klubdan hali rasmiy tasdiq bo‘lmagan bo‘lsa-da, manbalarga ko‘ra bu transfer yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abdulla Abdullayev BAA klubiga o‘tgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek