BYD Leopard Titanium 7 gibrid yo‘ltanlamasi taqdim etildi

20-iyul 2025 14:32 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
BYD Leopard Titanium 7 gibrid yo‘ltanlamasi taqdim etildi / Foto: BYD

Xitoyning BYD kompaniyasi Leopard Titanium 7 modelini rasman tanishtirdi. Bu haqda IT Home nashri ma’lum qildi.

Foto: BYD

Bu avtomobil mustahkam kuzovli gibrid yo‘ltanlamas bo‘lib, shahar aholisi uchun mo‘ljallangan. Uning o‘lchami 5 metrdan oshadi, ichki saloni esa juda keng.

Foto: BYD

Yuqori toifadagi model 35,6 kVt·soatli batareyaga ega bo‘lib, 180 km masofani faqat elektrda bosib o‘ta oladi. Boshqa variantlari 135 km yurish zaxirasiga ega. Umumiy yurish masofasi 1300 kmdan ortiq. Leopard Titanium 7 faqat gibrid bo‘lib, to‘liq elektrli versiyasi chiqarilmaydi.

Foto: BYD

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD Song L GT elektromobili taqdim etilgan edi.

Shuningdek