«Antverpen» va «Sent-Jiluez» durang o‘ynadi, O‘rinboyev maydonga tushmadi

26-iyul 2025 09:07 eʼlon qilindi

(26-iyul 2025 16:26 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Zohid Qurbonov

Zohid Qurbonov

Muxbir z.qurbonov@kursiv.media
«Antverpen» va «Sent-Jiluez» durang o‘ynadi, O‘rinboyev maydonga tushmadi / Foto: «Antvergen» X sahifasidan

Belgiya chempionatida «Antverpen» va «Sent-Jiluez» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi. O‘zbekistonlik hujumchi Muhammadali O‘rinboyev zaxirada qoldi.

Uchrashuvda hisobni «Antverpen» hujumchisi Vinsent Yanssen ochdi. U 21-daqiqada ogohlantirish oldi, 33-daqiqada esa gol urib jamoasini oldinga olib chiqdi.

Foto: «Antvergen» X sahifasidan

O‘yinning 23-daqiqasida «Sent-Jiluez» o‘yinchisi Akinpelu Promis penaltida darvozani aniq nishonga ola olmadi. 26-daqiqada Dumbia, 45+2-daqiqada Nyang sariq kartochka oldi.

Ikkinchi bo‘limda «Sent-Jiluez» faolroq harakat qila boshladi. 68-daqiqada Floruch Raul hisobni tenglashtirdi. Keyinroq Leysen, Vanhutt va Kerk ham ogohlantirish oldi.

Uchrashuv davomida bir necha o‘yinchilar zaxiradan maydonga tushirildi. So‘nggi daqiqalarga qadar hisob o‘zgarmadi. O‘yinda durang natija qayd etildi – 1:1.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Navbahor» futbol klubi transfer taqiqidan chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek