
Fransiyaning qimmat tovarlar ishlab chiqaruvchi LVMH Moët Hennessy – Louis Vuitton holdingi Marc Jacobs modalar uyini sotishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal nashri manbalarga tayanib xabar berdi. Bitim qiymati $1 mlrdgacha yetishi mumkin.
LVMH bir nechta xaridorlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Ular orasida Reebok’ka egalik qiluvchi Authentic Brands Group, Brookstone brendini nazorat qiluvchi Bluestar Alliance va Vera Wang‘ni o‘z portfeliga kiritgan WHP Global mavjud.
Manbalarga ko‘ra, muzokaralar ijobiy yakunlansa, bitim yaqin orada imzolanishi mumkin.
LVMH odatda mashhur va kuchli brendlarni xarid qilishi bilan tanilgan. Ammo so‘nggi yillarda kompaniya o‘z biznes strategiyasiga mos kelmaydigan loyihalarni sotishga ham tayyor ekanini ko‘rsatmoqda.
Avvalroq Fransiya prezidenti rafiqasini erkak degan jurnalistni sudga bergani haqida yozgan edi.