Galaxy S27 Ultra’ning kamerasi haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi

28-iyul 2025 09:30 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S25 ultra
Foto: TelSat.az

Samsung kompaniyasi yangi taqdim etadigan modellarida bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda. Gizmochina nashrining yozishicha, Samsung Galaxy S27 Ultra flagmanida 3 karralik optik zumli linza bo‘lmaydi.

Unga ko‘ra, bu modul o‘rnini 200 megapikselli asosiy kamera egallaydi. Sony ishlab chiqargan bu sensor 1/1,1 dyuymli bo‘lib, zum effektini rasmni kesish orqali beradi.

Shu bilan kameralar soni kamayadi, ularning joylashuvi ham o‘zgaradi. Biroq 5 karralik zumli modul o‘z o‘rnida qoladi.

Galaxy S27 Ultra hali ishlab chiqilmoqda. U 2026 yil boshida taqdim etiladi. Lekin Samsung hozirdan ayrim funksiyalarni soddalashtirish ustida ishlayapti.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy Z Fold7 va Flip7 savdosi boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek