
Auto.ru portali avtomobillarni zangga qarshi himoya darajasi bo‘yicha sinovdan o‘tkazdi va eng yaxshi galvanizatsiyaga ega bo‘lgan Xitoy krossoverlarini aniqladi.
Birinchi o‘rinni to‘liq galvanizatsiyalangan kuzovi bilan Haval H7 egalladi. Ikkinchi o‘ringa esa Knewstar 001 (Geely Tugella) loyiq topildi — unda faqat tom qismi galvanizatsiyalanmagan.

Keyingi o‘rinlarda Soueast S07, Geely Atlas, Chery Tiggo 7L va Haval F7 joy oldi. Bu modellar tom va yukxona atrofi qismlarida himoya qatlamiga ega emas.
Eng yomon natija GAC GS4’ga tegishli bo‘ldi – uning tashqi kuzov qismlarida umuman galvanizatsiya aniqlanmadi.
Jetta VS7 esa faqat eshiklar, old qanotlar va bagaj qopqog‘ining galvanizatsiyasi bilan biroz ustunlikka ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda eng ishonchli avtomobillar reytingi e’lon qilingan edi.