Zeekr 009 yangi Ice Jade White rangda taqdim etildi

4-avgust 2025 12:06 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Zeekr 009
Zeekr 009 yangi «Ice Jade White» rangda taqdim etildi / Foto: ITHome

5-avgust kuni Zeekr 009 elektromobili yangi Ice Jade White rangda namoyish etiladi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Kompaniya ushbu rang 7 xil ko‘k va 5 xil oq tus orasidan tanlanganini bildirgan. Bu maxsus tus eksklyuziv slyuda materialidan ishlab chiqarilgan va quyosh nurlari ta’sirida sarg‘aymasligi bilan ajralib turadi.

Foto: ITHome

Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, mashinaning Brilliance modeli 5217×2024×1812 mm o‘lchamlarga va 3205 mm g‘ildirak bazasiga ega. Mashina to‘liq 800 voltli yuqori kuchlanishli tizimga ega bo‘lib, 108 kVt·soatli 5C Kirin akkumulyatori bilan jihozlangan. CLTC standartiga ko‘ra bir zaryadda 702 km yo‘l bosadi, 0 dan 100 km/soatgacha 3,9 soniyada tezlashadi.

Foto: ITHome

To‘rt o‘rinli elektr MPV sifatida taqdim etilgan mashinaning asosiy versiyasi Xitoyda 789 ming yuan($109 ming)dan sotuvga chiqarilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zeekr zirhli elektromobilini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Xitoyning Zeekr brendi zirhli Zeekr 001 elektromobilini ishlab chiqardi. Tezlik va dizayni bilan mashhur Zeekr endi xavfsizlikni ham ustuvor qilmoqda. Bu haqda Carcoops xabar bermoqda.

Taqdim etilgan Zeekr 001 modelining zirhli versiyasi tashqi ko‘rinishidan oddiy mashinaga o‘xshasa-da, u to‘liq himoyalangan korpusga ega.

Modelning barcha tashqi panellari maxsus zirhli materiallardan tayyorlangan. Mashinada qalin o‘q o‘tmas oynalar o‘rnatilgan. Hatto panoramali shisha tom ham mustahkamlangan. Bu o‘zgarishlar Braziliya bozoridagi talabga javoban qilinmoqda. U yerda jinoyatchilik va o‘g‘riliklar ortgani sababli o‘q o‘tmas fuqarolik avtomobillariga talab kuchaygan.

Shuningdek