Samsung One UI 8 yangilanishi qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

9-avgust 2025 11:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung
Samsung One UI 8 yangilanishi qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi / Foto: Samsung

Samsung Android 16 asosidagi One UI 8 tizimini joriy oy boshida yangi buklama modellari bilan birga taqdim etdi. Kompaniya uni eski Galaxy qurilmalariga ham yetkazishni boshlaydi.

Kelasi hafta Galaxy S24, Galaxy Z Flip 6 va Galaxy Z Fold 6 foydalanuvchilari One UI 8 beta-versiyasini o‘rnatish imkoniga ega bo‘ladi.

Sentabr oyida yangilanish dasturiga Galaxy S23, Galaxy Z Fold 5, Galaxy Z Flip 5 va ayrim Galaxy A modellari qo‘shiladi. Sentabr oxirida Galaxy S25 seriyasi birinchi bo‘lib One UI 8’ning barqaror versiyasini oladi. Keyin esa Galaxy S va Z seriyasidan so‘ng Galaxy A hamda boshqa mos modellar yangilanishi rejalashtirilgan.

Samsung
Foto: Samsung

Kompaniya siyosatidagi o‘zgarishga ko‘ra, buklama Galaxy Z modellari yangi One UI versiyasini odatda avvalroq oladi. Masalan, Galaxy Z Flip 7, Fold 7 va Fold 7 SE birinchi bo‘lib One UI 8 bilan chiqdi. 2026-yil boshida Galaxy S26 seriyasi One UI 8.5 bilan taqdim etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 Ultra eng tezkor xotiraga ega bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek