Audi A6L e-tron avtomobili qanday xususiyatlarga ega bo‘ladi

11-avgust 2025 16:01 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Audi A6L e-tron
Audi A6L e-tron avtomobili qanday xususiyatlarga ega bo‘ladi / Foto: XSATV

FAW Audi kompaniyasi yangi Audi A6L e-tron sedanini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Sedan 106,7 kVt·soat sig‘imli CATL batareyaga ega bo‘lib, 785 km masofani bosib o‘tishi mumkin (sinov sharoiti ko‘rsatilmagan). U PPE platformasida qurilgan va Huawei Qiankun avtopiloti bilan jihozlanadi.

Foto: XSATV

O‘lchamlari: uzunligi 5073 mm, kengligi 1950 mm, balandligi 1522 mm. G‘ildirak bazasi 3076 mmni tashkil etadi. Maksimal quvvati 353 ot kuchiga teng.

Model Audi FAW New Energy Plant zavodida, Changchun shahrida ishlab chiqariladi. Savdolar 2025-yilda boshlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Audi A3 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek