Kelajakda Chevrolet Cobalt o‘rnini qaysi mashina egallishi mumkin

12-avgust 2025 17:43 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Cobalt
Kelajakda Chevrolet Cobalt o‘rnini qaysi mashina egallishi mumkin / Rasm ChatGPT yordamida yaratilga

Chevrolet Cobalt so‘nggi yillarda O‘zbekiston avtomobil bozorining eng ommabop modellardan biri bo‘lib kelmoqda. 2025-yilning birinchi yarim yilligida mamlakatda ishlab chiqarilgan har uchta yengil avtomobildan biri. Ixcham sedan o‘zining arzonligi, keng saloni va ishonchliligi tufayli keng omma orasida katta mashhurlikka erishdi. Biroq avtomobil sanoati doimiy ravishda yangilanib borar ekan, tabiiy savol tug‘iladi: yaqin kelajakda Chevrolet Cobalt o‘rnini qaysi model egallaydi?

Quyidagi maqolada O‘zbekiston bozoridagi hozirgi tendensiyalar hamda Cobalt ommalashgan Braziliya, Argentina va Rossiya kabi xorijiy bozorlardagi vaziyat tahlil qilinadi.

O‘zbekistonda Cobalt o‘rnini bosuvchi modellarga nazar

Foto: Autostrada

O‘zbekistonda arzon va o‘rta narx segmentidagi sedan bozorini hozircha Chevrolet Cobalt egallab turibdi. 2025-yil boshida ham u eng ko‘p ishlab chiqarilgan model bo‘lib, yilning dastlabki besh oyida 67,5 ming dona Cobalt sotilgan.

Biroq 2023-yildan boshlab UzAuto Motors yangi modellarga e’tibor qaratmoqda. Eng muhim yangiliklardan biri — Chevrolet Onix bo‘lib, u 2022-yildan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqarila boshlandi. Onix — zamonaviy dizayn, yoqilg‘i tejamkorligi va boy xavfsizlik tizimlari bilan ajralib turadigan B-segment sedani. U Cobaltga nisbatan texnologik jihatdan ancha ilg‘or: 1,0 litrli turbomotori 116 ot kuchi, 1,2 litrli atmosferik dvigateli esa 86 ot kuchiga ega. Multimedia ekran, bir nechta xavfsizlik yostiqchalari va ABS kabi funksiyalar ham mavjud.

Rasm ChatGPT yordamida sayqallangan / Manba: Avtoe’lon

Cobalt esa 2024-yilda yangilangan GX-STYLE va GX-MIDNIGHT komplektatsiyalari bilan taklif qilinmoqda. U 1,5 litrli, 106 ot kuchiga ega dvigatel, 5 pog‘onali mexanik yoki 6 pog‘onali avtomat uzatma bilan keladi. Yonilg‘i sarfi 100 kmga 6,7 litr, bagaj hajmi esa 563 litr.

Qisqa muddatda Cobalt o‘z o‘rnini saqlab qoladi. Ammo uzoq muddatda Onix uning asosiy o‘rnini bosishi kutilmoqda. Chunki Nexia-3 va Spark ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan, eng arzon yangi sedan sifatida endi Onix qolmoqda.

Foto: Avtoe’lon

Shuningdek, 2022-yildan beri ishlab chiqarilayotgan Chevrolet Tracker ham bozorda o‘z o‘rnini topdi. U krossover bo‘lib, narxi chegirma bilan 215 million so‘mni tashkil etadi. 2025-yilda Tracker O‘zbekistonda eng ko‘p sotilgan 5 model qatoriga kirdi (18 ming dona sotuv). Shu bilan birga, Kia Sonet, Haval kabi brendlar ham bozorda faol kirib kelmoqda.

Bu esa kelajakda Cobalt bo‘shatgan segment uchun kuchli raqobat bo‘lishini anglatadi.

Braziliya va Argentina tajribasi

Foto: Kursiv Uzbekistan

Braziliyada Chevrolet Cobalt 2011-yilda ishlab chiqarila boshlagan bo‘lib, katta yukxona va keng saloni tufayli xaridorlar orasida tezda ommalashdi. Uning asosiy raqobatchilari Nissan Versa va Renault Logan edi. Biroq 2019-yilda Cobalt ishlab chiqarish to‘xtatildi va uning o‘rnini Chevrolet Onix Plus egalladi. Onix Plus xavfsizlik testlarida 5 yulduz olib, qisqa vaqt ichida bozorda yetakchi o‘rinni egalladi. Hozirgi kunda esa Braziliya bozorida Hyundai HB20S, Fiat Cronos va Volkswagen Virtus kabi modellar bilan raqobat davom etmoqda.

Foto: Avtoe’lon

Argentinada esa Cobalt 2012-yildan 2018-yilgacha Braziliyadan import qilingan holda sotildi. 2020-yildan boshlab mamlakat bozorida Cobalt o‘rnini Onix va Onix Plus to‘liq egalladi. Bu yerda ayniqsa 1,2 litrli dvigatelga ega versiyalar xaridorlar tomonidan ko‘proq tanlandi va qisqa vaqt ichida Onix bozorda yetakchiga aylandi.

Rasm ChatGPT yordamida sayqallangan / Manba: Avtoe’lon

Umuman olganda, Janubiy Amerikada Chevrolet Cobaltni to‘liq Chevrolet Onix oilasi almashtirdi. Bu General Motors’ning global strategiyasiga mos ravishda, eski modellarni zamonaviy va xavfsiz variantlar bilan almashtirish siyosatining bir qismi bo‘lib, kelajakda shunday jarayon O‘zbekistonda ham kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.

Avvalroq Chevrolet Cobalt avtomobilining ko‘p tanlanish sabablari haqida yozgan edi.

Shuningdek