Quyosh energiyasida ishlovchi dron uch kun uzluksiz parvoz qildi – video

18-avgust 2025 08:34 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Quyosh energiyasida ishlovchi dron uch kun uzluksiz parvoz qildi / Foto: Skydweller Aero

Amerika startapi Skydweller Aero o‘zining quyosh energiyasida ishlovchi dronini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Interesting Engineering nashri ma’lum qildi.

Apparat faqat quyosh va akkumulyator energiyasidan foydalanib, mos ravishda 73 va 74 soat davom etgan ikki parvozni amalga oshirdi. To‘rt sinov parvozi umumiy hisobda 222 soatni tashkil etdi.

Foto: Skydweller Aero

Qanotlari Boeing 747dan kengroq bo‘lgan dron kun davomida 17 mingta quyosh paneli orqali to‘plangan energiya bilan akkumulyatorlarini zaryadlaydi va tunda uchishni davom ettiradi. U 400 kg gacha yuk ko‘tara oladi va 90 kunlab havoda qolishi mumkin.

AQSh Harbiy-dengiz kuchlari bu texnologiyani uzoq muddatli razvedka missiyalari uchun o‘rganmoqda. Skydwellerning mustaqil energiya tizimi yonilg‘i quyish zaruratini bartaraf etib, doimiy kuzatuv imkonini beradi.

Kompaniya dronlarini kontrabandaga qarshi kurash, dengizdagi faoliyatni kuzatish, ekologik monitoring va ilmiy tadqiqotlarda qo‘llashni ham rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shveysariyalik uchuvchi quyosh samolyoti bilan shaxsiy rekord qo‘ygan edi.

Shuningdek