
Google rasmiy ravishda yangi Google Pixel 10 smartfonini namoyish etdi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qildi.
Asosiy yangilik sifatida bazaviy model endi ilk bor uchlik kamera tizimiga ega bo‘lgani qaralmoqda. Asosiy modul 48 MP, ultra-keng modul 13 MP, telekamera esa 10,8 MP bo‘lib, 5x optik zoomni qo‘llab-quvvatlaydi. Old kamera 10,5 MP sensorga ega va avtofokus bilan jihozlangan.

Pixel 10 3 nm Tensor G5 protsessori asosida ishlaydi, xavfsizlik uchun esa Titan M2 chipi qo‘shilgan. Displey 6,3 dyuym OLED, 120 Hz, Full HD+ aniqlikda. Yorqinligi oshirilgan, ekran Gorilla Glass Victus 2 bilan himoyalangan.

Smartfon IP68 darajadagi chang va suvdan himoyaga ega, yangi ultratovushli barmoq izi skaneri bilan ta’minlangan. Qurilma Android 16 operatsion tizimi bilan taqdim etildi, Google an’anaviy tarzda 7 yil yangilanish kafolatini beradi.

Batareya sig‘imi 4970 mA·soat, 29 Vt tezkor simli va 15 Vt Qi2 simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Narxlar quyidagicha:
- 12/128 GB – $800;
- 12/256 GB – $900.
Avvalroq Google Pixel 10 Pro smartfoni haqida ma’lumotlar tarqalgani haqida yozgan edi.