85 dollarlik Samsung Galaxy A07 smartfoni taqdim etildi

25-avgust 2025 11:39 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy A07 smartfoni
85 dollarlik Samsung Galaxy A07 smartfoni taqdim etildi / Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi tomonidan Indoneziyada eng arzon yangi smartfoni Samsung Galaxy A07 smartfoni taqdim etildi. Qurilmaning narxi atigi $85 bo‘lib, u o‘tgan yilgi Galaxy A06 modelining yangi avlodi sifatida taqdim etilmoqda. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Galaxy A07 6,7 dyuymli IPS HD+ ekranga ega, yangilanish chastotasi esa 90 hz. Smartfon MediaTek Helio G99 protsessori asosida ishlaydi va 4/64 GB dan 8/256 GB gacha xotira variantlarida taqdim etilgan.

Foto: Samsung

Smartfon 5000 mA·soatli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, u 25 Vt tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu ko‘rsatkich Samsung‘ning flagmanlari – Galaxy S25 darajasiga teng.

Asosiy kamera 50 MP + 2 MP dan iborat, old kamera esa 8 MP. Qurilma Android 15 va One UI 7.0 bilan ishlaydi hamda 6 ta tizim yangilanishini oladi.

Korpus IP54 himoya sertifikatiga ega, orqa qopqog‘i esa mustahkamlashtirilgan polimer materialdan tayyorlangan. O‘lchamlari 164,4 × 77,4 × 7,6 mm, og‘irligi esa 184 grammni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri eng yaxshi Samsung smartfonlari haqida maqola e’lon qilgan edi.

Shuningdek