
Bugun, 26-avgust kuni UzAuto Motors 420 ot kuchiga ega Chevrolet Tahoe High Country yangi modelini taqdim etdi. Kursiv Uzbekistan nashri model haqida ma’lumotlar va tadbirdan tasvirlarni taqdim qiladi.




Yangilangan Chevrolet Tahoe avtomobilining texnik xususiyatlari
Model yangilangan radiator panjarasi, orqa optika va glushitellarga ega.
Avtomobil avvalgi versiyasidan balandroq, yo‘l oralig‘i 20 dan 25 sm gacha kengaytirilgan. Tahoe High Country’da avtomatik suriladigan ostonalar va suriladigan bar ham joriy etilgan.
Boshqa yangilanishlar orasida rul chambaragi va displey dizayni, uzatmalarni almashtirish uchun rul osti selektori mavjud. Iqlim nazorati, zamonaviy multimedia tizimi yaxshilandi.




Tahoe High Country narxi 1,4 mlrd so‘m deb belgilangan bo‘lib, u kuch, qulaylik va katta sig‘imni o‘zida mujassam etgan yirik oilaviy SUV sifatida taqdim etilmoqda.
Taqdimotda qayd etilishicha, o‘tgan yili UzAuto Motors 373 ming dona avtomobil sotgan. Joriy yilning avgust oyi oxirida bu ko‘rsatkich 200 mingga yetdi. Yil oxirigacha kompaniya yana 300 mingta avtomobil sotishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri UzAuto Motors taqdim etayotgan yangi model Tahoe 2 ekanligi taxmin qilinayotgani haqida yozgan edi.
Avvalroq Chevrolet Tracker avtomobili sotib olishga arziydimi nomli maqola e’lon qilgan edik.