Xiaomi smartfonlari uchun xushxabar: HyperOS 3 tizimi 28-avgust kuni taqdim etiladi

27-avgust 2025 14:28 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xiaomi smartfonlari
Foto: Nextpet

Xiaomi kompaniyasi tomonidan uzoq kutilgan HyperOS 3 operatsion tizimi 28-avgust 2025-yilda taqdim etilishi e’lon qilindi.

Yangi HyperOS 3’da vizual yangiliklar va funksional imkoniyatlar kengaytirilishi kutilmoqda. Bu o‘zgarishlarning asosiy sababi tizimning Android 16 bazasiga o‘tishi bilan bog‘liq. Dizaynda yaxshilangan animatsiyalar, yangilangan ikonka to‘plamlari va interfeysda yanada ravon ishlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Foto: Kompaniya saytida ekran tasviri

Kompaniya eski modellarga ham yangilanishni taqdim etadi. Biroq ularning ko‘pchiligi HyperOS 3’ni Android 15 asosida qabul qiladi. Ya’ni barcha qurilmalar tashqi jihatdan bir xil HyperOS 3 ko‘rinishiga ega bo‘lsa-da, texnik baza ularning yoshi va imkoniyatlariga qarab farqlanadi.

HyperOS 3 oldindan o‘rnatilgan ilk smartfonlar sifatida Xiaomi 16 va Xiaomi 16 Pro bo‘lishi kutilmoqda. Ularning taqdimoti sentabr oxirida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi 15T Pro smartfoni qanday dizaynga ega bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek