
Apple kompaniyasi tomonidan yangi iPhone 17 seriyasi rasman taqdim etildi. Smartfonlar yangilangan dizayn va imkoniyatlarga ega.
iPhone 17

Smartfonfon beshta rangda taqdim qilindi va yangilangan dizaynga ega bo‘ldi. Qurilma 6,3 dyuymli LTPO OLED ProMotion ekrani bilan jihozlangan bo‘lib, 120 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Always-on display funksiyasi esa energiya sarfini kamaytirib, blok ekranda vidjet va hodisalarni ko‘rsatadi.
Yangi 18 MP old kamera selfi va videozvonoklarni yanada sifatli qiladi. Sensor kattalashgan va kvadrat shaklda bo‘lgani uchun gorizontal selfilarni olish qulaylashdi. Orqa tomonda 48 MP va 12 MP kameralar joylashgan. Qurilma old va orqa kamerada bir vaqtning o‘zida suratga olish imkoniyatini ham taqdim etadi.

Ekran Ceramic Shield 2 himoyasiga ega bo‘lib, avvalgi modellarga qaraganda uch baravar chidamli. Shuningdek, yetti qatlamli anti-blik qoplama qo‘llangan.
iPhone 17 A19 chipida ishlaydi. Qurilmaning avtonomligi yaxshilanib, iPhone 16’dan 8 soat ko‘proq video ko‘rsatish imkonini beradi. 10 daqiqalik zaryad esa 8 soatlik video tomosha qilishga yetadi.
Sotuvlar 19-sentabrdan boshlanadi. Boshlang‘ich narx $800 bo‘lishi kutilmoqda.
iPhone Air

Apple yangi iPhone Air modelini taqdim etdi. Qurilma 6,5 dyuymli displey bilan jihozlangan va avvalgi modellarga qaraganda 2 millimetr yupqaroq korpusga ega.
iPhone Air’da 24 MP old kamera va 48 MP asosiy kamera joylashgan. Kamera moduli bitta bo‘lsa-da, surat va video sifati yuqori darajada.
Smartfon A19 Pro chipida ishlaydi. U tezkorligi va energiya samaradorligi bilan ajralib turadi. Qurilma to‘rtta rangda taqdim etiladi.
iPhone Air’ning boshlang‘ich narxi $999 etib belgilangan.
iPhone 17 Pro va Pro Max

Apple o‘zining eng kuchli smartfonlari — iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max’ni taqdim etdi. Yangi modellarning korpusi titandan tayyorlangan bo‘lib, bu ularni avvalgi avlodlarga qaraganda yengilroq va mustahkamroq qildi. Shuningdek, maxsus qoplama tufayli dizayn yanada chidamli bo‘ldi.
iPhone 17 Pro 6,3 dyuymli displeyga ega, Pro Max esa 6,9 dyuymli ekran bilan taqdim etildi. Har ikki modelda ham A19 Pro chipi o‘rnatilgan bo‘lib, u yuqori tezlik va samaradorlikni ta’minlaydi. Eng asosiy yangiliklardan biri esa yangi kamera tizimi bo‘lib, u professional darajadagi surat va video olish imkonini beradi.


iPhone 17 Pro narxi $1099 dan, iPhone 17 Pro Max esa $1199 dan boshlanadi. Yangi smartfonlarning sotuvlari 19-sentabrdan yo‘lga qo‘yiladi.
Narxlar:
Model | Ekran (dyuym) | Chip | Narxi boshlanishi |
---|---|---|---|
iPhone 17 | 6,3 | A19 | $799 |
iPhone Air | 6,5 | A19 Pro | $999 |
iPhone 17 Pro | 6,3 | A19 Pro | $1099 |
iPhone 17 Pro Max | 6,9 | A19 Pro | $1199 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Apple 9-sentabrda o‘tkaziladigan yillik tadbirida yangi, yupqa iPhone Air modeli, iPhone 17 va yangi Apple Watch’larni taqdim etishi kutilayotgani haqida yozgan edi.