Apple yangi aqlli soatlar va AirPods Pro 3’ni taqdim etdi — foto, narx

10-sentabr 2025 00:03 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Ochiq manbalar

Apple o‘zining yillik taqdimotida bir nechta yangi qurilmalarni namoyish qildi. Aqlli soatlar qatoriga Apple Watch S11, Watch SE 3 va Watch Ultra 3 modellari qo‘shildi.

Yangi soatlarda 5G modem mavjud bo‘lib, displeylari avvalgi avlodlarga nisbatan kattaroq. Asosiy yangiliklardan biri qon bosimini o‘lchash funksiyasi bo‘ldi. U 150 ta mamlakatda ishlaydi.

Foto: Ochiq manbalar

Apple Watch SE 3 narxi $250 dan, Watch S11 narxi $400 dan, Watch Ultra 3 esa $700 dan boshlanadi. Ushbu qurilmalar 19-sentabrdan sotuvga chiqadi.

Shuningdek, Apple yangi AirPods Pro 3 quloqchinlarini ham taqdim etdi. Ular real vaqt rejimida tarjima qilish funksiyasiga ega bo‘lib, Fitness+ va Health ilovalari bilan integratsiya qilingan. AirPods Pro 3 narxi $249 qilib belgilandi va 19-sentabrdan sotuvga chiqadi.

Foto: Ochiq manbalar

Narxlar:

QurilmaNarxi boshlanishiSotuv sanasi
Apple Watch SE 3$25019-sentabr
Apple Watch S11$40019-sentabr
Apple Watch Ultra 3$70019-sentabr
AirPods Pro 3$24919-sentabr

Avvalroq iPhone 17 seriyasi taqdim etilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek