Shomurodov CAFA Nations Cup – 2025 finalida stadion qo‘riqchisi bilan janjallashib qoldi

11-sentabr 2025 15:30 eʼlon qilindi

Aleksandr Ten

Aleksandr Ten

Muxbir a.ten@kursiv.media
Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Foto: UFA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov CAFA Nations Cup – 2025 turniri taqdirlash marosimida stadion qo‘riqchisi bilan janjallashib qoldi.

Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Manbaga ko‘ra, Shomurodov yosh muxlisni tribunadan olib ketmoqchi bo‘lgan, biroq xavfsizlik xizmati xodimi uni to‘xtatishga harakat qilgan. Shu sababli futbolchi va qo‘riqchi o‘rtasida qisqa mojaro yuzaga kelgan. U bolani qo‘liga olib, uni jamoadoshi Abbosbek Fayzullayevga topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri CAFA Nations Cup – 2025 finalida O‘zbekiston terma jamoasi Eronni 1:0 hisobida mag‘lub etgani haqida yozgan edi. Uchrashuv qahramoni Xojiakbar Alijonov bo‘lib, u 119-daqiqada g‘alaba golini kiritgan.

Shuningdek