Arzon narxdagi Samsung Galaxy F17 5G taqdim etildi

11-sentabr 2025 17:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy F17 5G
Arzon narxdagi Samsung Galaxy F17 5G taqdim etildi / Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi tomonidan arzon Samsung Galaxy F17 5G smartfoni rasman taqdim etildi. Bu haqda Sammobile xabar bermoqda.

Model Galaxy A17 asosida yaratilgan bo‘lib, undan arzonroq narxda sotuvga chiqmoqda. Samsung Galaxy F17 5G 6,7 dyuymli Super AMOLED Infinity-U displey bilan jihozlangan bo‘lib, Full HD+ aniqlik va 90 Hz yangilanish tezligini taqdim etadi. Qurilma Gorilla Glass Victus himoyasi bilan mustahkamlangan va shu turdagi shishaga ega eng arzon smartfonlardan biri hisoblanadi.

Samsung Galaxy F17 5G smartfoni qanday narxda sotiladi / Foto: Sammobile

Smartfon chang va namlikdan IP54 standarti bo‘yicha himoyalangan. Kamera tizimi 50 megapikselli asosiy modul (OIS bilan), 2 megapikselli makro kamera va 13 megapikselli old kameradan iborat.

Uning yuragida Exynos 1330 protsessori ishlaydi va qurilma so‘nggi One UI 7 tizimida boshqariladi. Samsung ushbu model uchun 6 yil yangilanish kafolatini ham taqdim etgan.

Galaxy F17 5000 mA/soatli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, 25 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, bitta dinamik va yon tomonga joylashtirilgan barmoq izi skaneri mavjud.

Narxlar:

VersiyaNarx (USD)
4/128 GB$170
6/128 GB$180

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri eng yaxshi batareyaga ega Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.

Smartfon bozorida Samsung kompaniyasining ham o‘rni alohida. 2025-yilning birinchi choragida Samsung 60,5 mln dona smartfon yetkazib bergan. Bu kompaniyaga global bozorda 20% ulushni ta’minladi.

Shuningdek