17 ming dollarlik Jetour X70L avtomobili taqdim etildi

12-sentabr 2025 09:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Jetour X70L avtomobili
Rasm Chat GPT yordamidda sayqallangan / Manba: Jetour

Chery kompaniyasi tomonidan yangi arzon Jetour X70L avtomobili uchun oldindan buyurtmalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Avtomobilning rasmiy narxi 125,9 mingdan ($17 ming) boshlanadi. Model 5 va 7 o‘rinli variantlarda, shuningdek, 1,5 va 2,0 litrli dvigatellar bilan taqdim etiladi.

Foto: Jetour

Yangi X70L Jetour uchun butunlay yangi dizaynga ega bo‘lib, old tomonda С-shaklli faralar, orqa qismida esa ikki tomonlama ikki dona chiqindi trubalari joylashgan. Salon raqamli asboblar paneli (10 dyuym) va 15,6 dyuymli katta multimedia ekrani bilan jihozlangan. Qurilmalar Snapdragon 8155 chipi va TOUR OS 3.0 tizimi asosida ishlaydi.

Avtomobilning uzunligi 4810 mm, kengligi 1930 mm, balandligi 1705 mm, g‘ildirak bazasi 2820 mmni tashkil etadi.

Foto: Jetour

Texnik jihatdan oddiy versiyalar 184 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbo dvigatel va 7 pog‘onali robot qutisi bilan chiqadi. Qimmatroq variantlarda esa 254 ot kuchiga ega 2,0 litrli motor va 8 pog‘onali avtomatik uzatma qo‘llangan.

Ma’lumot uchun, Jetour Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi Chery Holding’ga qarashli avtomobil brendidir. U 2018-yilda tashkil etilgan va asosan SUV va krossover modellarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Jetour brendi tez orada Xitoy bozorida muvaffaqiyat qozonib, keyinchalik eksportni ham yo‘lga qo‘ydi.

Foto: Jetour

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Jetour Zongheng G700 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Jetour Zongheng G700 kattaligi bilan to‘liq hajmli SUV hisoblanadi. Uning uzunligi 5198 mm, kengligi 2050 mm, balandligi esa 1956 mm bo‘lib, g‘ildirak bazasi 2870 mm ni tashkil etadi.

Shuningdek