Oppo Find X9 Pro uchun Hasselblad tashqi ob’yektivi taqdim etildi

13-sentabr 2025 13:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Oppo Find X9 Pro
Oppo Find X9 Pro uchun Hasselblad tashqi ob’yektivi taqdim etildi / Foto: Oppo

Oppo kompaniyasi yangi magnetli kamera aksessuarini taqdim etdi. U Hasselblad bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, faqat Find X9 Pro modeli uchun mo‘ljallangan. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Aksessuar tezkor o‘rnatish uchun magnit tizimidan foydalanadi. E’lon qilingan tasvirda Hasselblad qo‘shimcha optikali kamera tutqichi ko‘rsatilgan, biroq kompaniya yakuniy versiya prototipdan farq qilishini qayd etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘plamga telekonverter ham kiritilgan bo‘lib, u Find X9 Pro‘ning 200 megapikselli telefoto kamerasi imkoniyatlarini kengaytiradi. 3 karra optik zum orqali fokus masofasi Vivo X200 Ultra darajasiga, ya’ni 200 mm ekvivalentgacha yetishi mumkin. Shu bilan Oppo Find X9 Pro’da Find X8 Pro‘dagi ikki kamerali tizimdan voz kechib, bitta yuqori darajadagi sensor va tashqi optikadan foydalanishni yo‘lga qo‘ymoqda.

Hamkorlik tufayli foydalanuvchilar takomillashgan rang uzatish va professional sozlamalarga ega bo‘ladilar, suratlarni esa Oppo’ning sun’iy intellekti qayta ishlaydi.

Oppo Find X9 seriyasi yil oxirida taqdim etilishi kutilmoqda. Biroq Hasselblad to‘plami global bozor uchun chiqariladimi, hozircha aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Oppo A6i smartfoni savdoga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek