Elit OChL. «Nasaf» bugun «Al Ahli»ga qarshi o‘yin bilan turnirdagi yurishini boshlaydi

15-sentabr 2025 11:54 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: «Nasaf» matbuot xizmati

Bugun Qarshining «Nasaf» klubi Elit Osiyo Chempionlar ligasi 1-turi doirasida turnirning amaldagi chempioni Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubiga qarshi maydonga tushadi.

«Nasaf» va «Al Ahli» hozirga qadar o‘zaro to‘rt marotaba to‘qnash kelishgan. Ularning ikkitasida jiddaliklarning, bittasida esa qarshiliklarning qo‘li baland kelgan. Yana bir bahs durang natija bilan yakunlangan.

Ma’lumot uchun, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da Jidda shahrida joylashgan «Qirol Abdulloh» stadionida start oladi. Bellashuv «SportTv» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Shuningdek, kun davomida Elit OChL 1-turidan o‘rin olgan quyidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi:

«Sharja» – «Al G‘arafa» | 18:45

«Al Vahda» – «Al Ittihod» | 21:00

«Al Shorta» – «Al Sadd» | 23:15

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yindagi harakatlariga baho bergandi.

Shuningdek