
Angliya Premyer-ligasi 5-turidan oʻrin olgan «Bornmut» va «Nyukasl» oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtdi va yakunda tomonlar 0:0 hisobidagi nursiz durangga imzo chekishdi.
Shu tariqa «Bornmut» ushbu natijadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 10 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 3-oʻringa koʻtarilib oldi. «Nyukasl» esa 6 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.
APL. 5-tur
«Bornmut» — «Nyukasl» 0:0
Bornmut — Petrovich, Ximenes (Hill, 46), Diakite, Senesi, Truffer, Adams, Skott (Kristi, 63), Semenio Taverniye (Adli, 75), Bruks (Klyuyvert, 63), Evanilson.
Nyukasl — Poup, Tiau (Lasseles, 84), Botman, Bern, Livramento, Uillok (Barns, 62), Mayli, Tonali, Holl, Merfi (Elanga, 62), Voltemade (Osula, 84).
Ogohlantirishlar: Ximenes (45+3), Diakite (74), Tiau (77).
Shuningdek, 5-turdan oʻrin olgan yana bir bahsda «Sanderlend» oʻz maydonida «Aston Villa»ni qabul qildi. Yakunda tomonlar 1:1 hisobida durang oʻynadi.
Dastlab hisob 67-daqiqada Matti Kesh tomonidan ochildi. 75-daqiqada esa Uilson Izidor imkoniyatlarni tenglashtirdi.
Shu tariqa «Sanderlend» ushbu oʻyindan soʻng oʻz ochkolari hisobini 8 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 7-oʻringa koʻtarilib oldi. «Aston Villa» esa 3 ochko bilan 18-o‘rinda qoldi.
«Sanderlend» — «Aston Villa» 1:1
Gollar: Izidor (75) — Kesh (67).
Sanderlend — Rufs, Hum, Mukiele, Alderete, Mandava, Rigg (Ballard, 37), Jaka, Sadiki (Neyl, 90+1), Talbi (Masuaku, 80), Le Fe (Gertryuyda, 80), Izidor (Mayenda, 80).
Aston Villa — Martines, Kesh, Konsa, Mingz, Din (Elliot, 59), Makginn, Kamara (Bogard, 82), Gessan (Malen, 74), Buendia (Matsen, 59), Rojers (Sancho, 82), Uotkins.
Ogohlantirishlar: Matsen (64), Jaka (88).
Chetlatish: Mandava (33).