
Apple kompaniyasi tomonidan yaqinda taqdim etilgan iPhone Air smartfoni mashhur bloger JerryRigEverything tashkil etgan sinovdan o‘tdi. Bloger videoni YouTube sahifasida e’lon qildi.
Qalinligi atigi 5,6 mm bo‘lgan model ko‘pchilikni iPhone 6 Plus’dagi kabi egilish muammosi takrorlanishi mumkinligi bilan xavotirga solgan edi.

Sinov chizishdan boshlandi. Ceramic Shield 2 himoya oynasi Mohs shkalasi bo‘yicha 7-darajagacha chizishga bardosh berdi. Bu ko‘rsatkich ko‘plab flagmanlardan, jumladan, Samsung Galaxy S25 Ultra’dagi Gorilla Armor 2’dan yuqori.
Titana asoslangan Air Grade 5 ramka reklamada aytilganidek mustahkamligini isbotladi. Old tomondan bosim berilganda telefon biroz egildi, biroq tezda asl holatiga qaytdi. Orqa tomondan bosilganda esa umuman egilmadi.
Apple katta e’tibor qaratgan antiblok qoplamasi esa kutilganidek ishlamagan. Yorqin yorug‘likda iPhone Air Samsung Galaxy S24 Ultra’dan ham ko‘proq aks etishi kuzatildi. Bloger maksimal darajani ham sinab ko‘rgan. Kran tarozisi yordamida 98 kg bosim berilganda old oyna yorildi va ramka egildi. Shunga qaramay, orqa oynasi butun qoldi va telefon ishlashda davom etgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Alyuminiy korpusli iPhone 17 Pro osongina tirnalishi haqida yozgan edi.