O‘zbekistondagi eng qulay avtokreditlar

25-sentabr 2025 15:38 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
avtokreditlar
O‘zbekistondagi eng qulay avtokreditlar / Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

Bugungi kunda mashina xarid qilish ko‘pchilik uchun zaruratga aylanib bormoqda. Lekin hammaning birdaniga katta mablag‘ to‘lab avtomobil olish imkoni yo‘q. Ayni paytda banklar turli shartlar va qulayliklar bilan kreditlar taklif etmoqda. Foiz stavkalari, dastlabki to‘lov miqdori va muddatga qarab eng ma’qul variantni tanlash mumkin. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida O‘zbekistondagi eng qulay avtokreditlar haqida so‘z yuritiladi.

Ushbu maqoladan quyidagilarni bilib olasiz:

Avtomobil kreditini olish bosqichlari

Foto: Ochiq manbalar
  • Birinchi bosqich. Banklarni tanlash. Sizga qulay foiz, muddat va badal shartlarini taqqoslab tanlab oling.
  • Ikkinchi bosqich. Hujjatlarni tayyorlash. Pasport, daromad ma’lumotnomasi va oldi-sotdi shartnomasi kerak bo‘ladi.
  • Uchinchi bosqich. Bankka ariza topshirish. Kredit olish istagingizni rasmiylashtirasiz, ariza ko‘rib chiqiladi.
  • To‘rtinchi bosqich. To‘lov qobiliyatini tekshirish. Bank daromadingiz va qarzlaringizni sinchiklab o‘rganadi.
  • Beshinchi bosqich. Shartnoma imzolash. Unda kredit summasi, foiz, muddat va sug‘urta shartlari ko‘rsatiladi.
  • Oltinchi bosqich. Boshlang‘ich badalni to‘lash. Mashina qiymatining 15–30 foizi oldindan to‘lanadi.
  • Yettinchi bosqich. Mablag‘ni dilerga o‘tkazish. Bank pulni to‘lab, siz avtomobilni qabul qilib olasiz.
  • Sakkizinchi bosqich. Kreditni so‘ndirish. Oyma-oy belgilangan summalarni kechiktirmay to‘lab boring.
  • To‘qqizinchi bosqich. Garov muddati tugashi. Kredit to‘liq so‘ngandan so‘ng avtomobil butunlay sizga o‘tadi.
Rasm ChatGPt yordamida yaratilgan

Eng past foizli kreditlar

«Ipak Yo‘li Bank» birlamchi bozor avtokreditida minimal foiz stavkasini 20,90% dan boshlaydi. Bu ayni paytda eng past foizlardan biri hisoblanadi.

Foto: «Ipak Yo‘li Bank» saytidan ekran tasviri

«Hamkorbank»ning «Auto Light» avtokrediti shartlari ham qulay. «Hamkorbank» avtokreditlari muddatga qarab o‘zgaradi. Bir yil uchun olingan kredit foiz stavkasi 23,99 % bo‘lsa, besh yil va rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlar uchun 30 % gacha oshadi. Bu dasturning boshlang‘ich badali odatda 25% bo‘lib, 600 mln so‘mgacha kredit ajratiladi.

Foto: «Hamkorbank» saytidan ekran tasviri

24–27% foizdagi takliflar

Boshqa bir qancha banklarda avtokredit foizlari ham 24–25% darajalarida. Masalan, «Agrobank»ning rasmiy daromadli mijozlari uchun 4 yillik kreditlarda yiliga 24% foiz, 5 yillik kreditlarda yiliga 25% foiz stavkasi bor.

«Trastbank»da esa (rasmiy daromad manbaiga ega bo‘lganlarga) avtokredit foizlari 24% dan boshlanadi. Ushbu bankda avtokreditlar rasmiy daromad, boshlang‘ich to‘lovi va muddatiga qarab o‘zgaradi.

«Trastbank» saytida ekran tasviri

«Asakabank»dagi «Avtokredit 2.5» dasturida esa minimal foiz stavkasi 24,9% ni tashkil etadi. «Asakabank» avtokreditlari ham rasmiy daromad va muddatga qarab o‘zgaradi. Bir yil uchun olingan kredit foiz stavkasi 24,99 % bo‘lsa, besh yil va rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlar uchun 29,9 % gacha oshadi.

«Asakabank» avtokreditlari / Bank saytidan ekran tasviri

«Saderat» avtokreditlari ham rasmiy daromad va muddatga qarab o‘zgaradi. 4 yil uchun olingan (kamida 40 % badal bilan ) kredit foiz stavkasi 24 % bo‘lsa, 4 yil va badalning 20 % oldindan to‘lansa uchun 27 % gacha oshadi.

Yuqoridagilardan tashqari, Xalq banki, «SQB» va boshqa tijorat banklarida ham 25–27% oralig‘ida avtokreditlar mavjud. Ammo hozirgi kunda eng past foiz stavkalari – yuqorida sanab o‘tilgan 20–24 foizgacha bo‘lgan takliflarga to‘g‘ri keladi. Banklar muntazam ravishda imtiyozli kredit aksiyalarini e’lon qiladi, shuning uchun eng qulay shartdagi kreditni tanlashda foiz stavkasi bilan birga muddat va boshlang‘ich to‘lov miqdorini ham solishtirish ma’qul.

«Asia Alliance bank»ning birlamchi bozor avtokrediti 26–28 foiz oralig‘ida. Kredit foiz stavkasi xaridning muddatiga bog‘liq.

Bank nomiKredit dasturi / shartiMinimal foiz stavkasi (yillik)MuddatiIzoh
«Agrobank»Rasmiy daromadli mijozlar uchun24%4 yilgachaImtiyozli shartlarda
«Trastbank»Rasmiy daromad manbaiga ega bo‘lganlar24%5 yilgachaFoiz stavkalari 24% dan boshlanadi
«Asakabank»«Avtokredit 2.5» dasturi24,9%5 yilgachaMaxsus dastur asosida
«Xalq banki»Umumiy avtokredit25%5 yilgachaTijorat banklari takliflari
«SQB»Umumiy avtokredit25–27%5 yilgachaTijorat banklari takliflari

O‘zbekistonda avtokreditlar bo‘yicha eng yuqori foizlar ayrim banklar taklifida kuzatilmoqda. Bu kreditlar aholiga qulay emas, chunki yillik to‘lov miqdori ancha oshib ketadi.

Qaysi banklarda avtokredit foizlari yuqori?

«Anorbank» yangi avtomobillar uchun kreditni 33 foizdan boshlaydi. Kredit muddati 5 yil, summasi esa 400 million so‘mgacha. Boshlang‘ich to‘lov kamida 40 foiz bo‘lishi kerak. Bu hozirgi bozor sharoitida eng yuqori foizli avtokredit hisoblanadi.

«Ipoteka bank» kreditlari ham qimmat. Bu yerda foiz stavkasi 27,99 foizdan boshlanadi. Kredit muddati 60 oy, summasi esa 480 million so‘mgacha. Boshlang‘ich badal 10 foizdan 25 foizgacha.

Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan.

Avtokredit olishda shartlar, qonuniy talablar, foiz stavkasiga e’tiborli bo‘lish lozim.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri UzAuto Motors avtomobillarining narxlari, modellar va ayni paytdagi chegirmalari haqida yozgan edi.

Shuningdek