Yaponiyada noyob Toyota Mark X GRMN avtomobili savdoga qo‘yildi

29-sentabr 2025 10:24 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yaponiyada noyob Toyota Mark X GRMN avtomobili savdoga qo‘yildi / Foto: Goo-Net Exchange

Yaponiyaning Goo-Net Exchange onlayn platformasida juda noyob Toyota Mark X GRMN avtomobili sotuvga chiqarildi. U atigi 100 dona ishlab chiqarilgan.

Model Gazoo Racing bo‘linmasi tomonidan o‘zgartirilgan bo‘lib, JDM ixlosmandlari va kolleksiya avtomobillari yig‘uvchilari uchun katta qiziqish uyg‘otadi.

Foto: Goo-Net Exchange

Mark X GRMN’ning eng asosiy farqi atmosferali 3,5 litrli V6 dvigateli (316 ot kuchi) va mexanik uzatmalar qutisidir. Oddiy Mark X modellarida faqat avtomat quti qo‘llangan. Sotuvdagi avtomobil narxi qariyb $30 ming etib baholangan.

Gazoo Racing muhandislari sedan konstruksiyasini chuqur yangilagan. Mashina differensial blokirovkasi (LSD) bilan jihozlangan bo‘lib, bu orqa g‘ildiraklarga quvvatni samaraliroq uzatishga yordam beradi. Shuningdek, maxsus prujina va amortizatorlar, kuchaytirilgan tormoz tizimi, karbon tolali tom paneli, 19 dyuymli g‘ildirak disklari va aerodinamik kuzov obvyesi o‘rnatilgan. Salon esa sport uslubidagi o‘rindiqlar bilan to‘ldirilgan.

Foto: Goo-Net Exchange

Savdoga qo‘yilgan avtomobil 2015 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, hozirda 63 ming kilometr masofani bosib o‘tgan. Shu sababli u nafaqat texnik xususiyatlari, balki o‘zining noyobligi bilan ham alohida qadrlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toyota Corolla Cross 2026 sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Model Alabama shtatidagi Xantsvill zavodida ishlab chiqariladi va mashinalar allaqachon dilerlarga yetkazilgan. Benzinli versiya $24,ming, gibrid esa $29 mingdan boshlanadi.

Shuningdek