YChL. «Real» «Qayrat» darvozasiga javobsiz beshta toʻp kiritdi, Mbappedan xet-trik

1-oktabr 2025 00:00 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasida Madridning «Real» klubi safarda «Qayrat» mehmoni boʻldi va yakunda yirik 5:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Uchrashuvdagi gollar «qaymoqranglilar safidan Kilian Mbappe (xet+trik), Eduardo Kamavinga va Brahim Dias mualliflik qildi.

Shu tariqa «Real» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 6 taga yetkazib, onlayn jadvalda birinchi oʻringa koʻtarilib oldi. «Qayrat» esa hozirda soʻnggi pogʻonada bormoqda.

YChL. 2-tur. 30 sentabr

«Qayrat» — «Real» 0:5

Gollar: Mbappe (25 penalti, 52, 74), Kamavinga (83), Dias (90+3).

Qayrat — Xolmirza, Mata, Sorokin, Martinovich, Tapalov (Stanoyev, 64), Arad (Baybek, 64), Kassabulat, Gromko (Zariya, 80), Mirinskiy, Jorjinio (Edmilson, 64), Satpayev (Rikardinio, 80).

Real — Kurtua, Heysen, Alaba, Asensio, Fran Garsiya, Chuameni (Kamavinga, 80), Sebalos, Guler (Bellinghem, 80), Mastantuono (Dias, 70), Vinisius (Rodrigo, 70), Mbappe (Gonsalo Garsiya, 80).

Ogohlantirishlar: Gromko (48), Arad (55).

Shuningdek