Xiaomi 17 Pro ekrani iPhone 17’dan yorqin ekanligi aytilmoqda

2-oktabr 2025 10:16 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xiaomi 17 Pro ekrani iPhone 17’dan yorqin
Xiaomi 17 Pro ekrani iPhone 17’dan yorqin ekanligi aytilmoqda / Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

Xiaomi prezidenti Lu Veybing tomonidan Xiaomi 17 Pro va iPhone 17 ekranlari taqqoslandi. Bu haqda u Weibo tarmog‘ida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, yangi model M10 yoritish tizimi va yangi qizil lyuminestsent material bilan jihozlangan. Bu texnologiya bir xil energiya sarfida yuqoriroq yorqinlik beradi.

Foto: Weibo
Foto: Weibo
Foto: Weibo

Xiaomi 17 Pro atigi 25 foiz yorqinlik darajasida ham 3500 nit ko‘rsatkichga erisha oladi. Bu natija iPhone 17’dan yuqori bo‘lib, hatto quyoshli kunda ham kontentni yanada tiniq va yorqin ko‘rsatishi mumkin.

Lu Veybing buni tasdiqlash uchun bir nechta taqqoslovchi suratlarni ham taqdim etdi. Shu orqali Xiaomi yangi smartfoni iPhone 17 bilan bevosita raqobatda ustunlikka ega ekanini ko‘rsatishga intilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi 17 Pro smartfonining xususiyatlari haqida yozgan edi.

Shuningdek