O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab eski avtomobillardan foydalanish taqiqlanishi mumkin

3-oktabr 2025 12:21 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab eski avtomobillardan foydalanish taqiqlanishi mumkin
O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab eski avtomobillardan foydalanish taqiqlanishi mumkin. Foto: ijtimoiy tarmoq

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan avtomobillardan foydalanish hamda ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish cheklanishi mumkin. Bu boradagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Hujjatga ko‘ra, mazkur transport vositalari davlat ro‘yxatidan chiqariladi, ammo «antikvar» toifasiga kiradigan mashinalar ushbu cheklovdan ozod etiladi.

Shuningdek, umumiy vazni yuki bilan 44 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk va maxsus transport vositalari hamda ochiq konlarda ishlaydigan o‘zi ag‘daruvchi yuk mashinalari uchun alohida davlat raqamlari joriy etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu qonun loyihasining asosiy maqsadi yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, ekologik muammolarni kamaytirish va juda eski texnik vositalarni asta-sekin foydalanishdan chiqarishdan iborat.

Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan muhokamaga qo‘yilgan va 11-oktabrgacha barcha fuqarolar hamda tashkilotlar o‘z fikr hamda takliflarini bildirishlari mumkin.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda foydalanish xarajati arzon bo‘lgan avtomobillar haqida ma’lumot bergandi. Unga ko‘ra, bunday mashinalar asosan kichik va o‘rta sinfga kiradi, yonilg‘i sarfi kamligi va tuzilishi oddiyligi bois ularni saqlash hamda ishlatish ancha tejamli bo‘ladi.

Shuningdek