Honor X9d smartfoni Malayziya va Singapurda sotuv bo‘yicha rekord o‘rnatdi

6-oktabr 2025 15:09 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
honor
Honor X9d smartfoni Malayziya va Singapurda sotuv rekordini qayd etdi / Foto: Honor

Honor kompaniyasining yangi Honor X9d smartfoni xalqaro bozorda katta muvaffaqiyat qozonmoqda. ITHome xabariga ko’ra, model Malayziya va Singapurda sotuv bo‘yicha rekord qayd etgan.

Malayziyada oldindan buyurtma uchun ajratilgan butun hajm atigi 10 kunda sotilib ketdi. Singapurda esa oldindan buyurtmalar avvalgi model ko‘rsatkichidan 400 foizga oshdi.

Honor Terminal savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘limi prezidenti Van Ban natijalarni juda yaxshi deya baholagan. Malayziyada sotuvlar avvalgi modelga nisbatan 507 foizga yuqori bo‘ldi.

Honor X9d’ning asosiy afzalligi — 8300 mA/soat sig‘imli batareya va 66 vattli tezkor quvvatlash. Qurilma IP69K himoyasi, Qualcomm Snapdragon 6 Gen 4 protsessori hamda 108 megapikselli kamera bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Honor Magic8 Pro smartfonining kamera imkoniyatlari namoyish qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek