Xiaomi 17 Pro Max batareyasi kutilgan natijani bermadi

8-oktabr 2025 13:47 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xiaomi 17 Pro Max batareyasi kutilgan natijani bermadi / Foto: Videodan ekran tasviri

TechDroider portali o‘tkazgan batareya sinovida Xiaomi 17 Pro Max batareyasi kutilgan natijani bermadi. 7500 mA/soat quvvatga ega Xiaomi 17 Pro Max atigi 5 daqiqa farq bilan iPhone 17 Pro Max’dan ko‘proq ishlagan.

Sinovda, shuningdek, Galaxy S25 Ultra, Pixel 10 Pro XL, Xiaomi 15 Pro va OnePlus 13 modellari ham taqqoslangan.

Xiaomi 17 Pro Max’ning yirik kremniy-karbonli batareyasi nazariy jihatdan raqiblaridan ancha uzoq ishlashi kerak edi. Ammo amalda u 13 soat 36 daqiqa ishlagan. iPhone 17 Pro Max smartfonining batareyasi esa 13 soat 31 daqiqaga yetgan.

Videodan ekran tasvir

Tadqiqotda smartfonlarning batareya quvvati turli faoliyat turlari orqali sinovdan o‘tkazilgan. Modellar 3 soat davomida PUBG o‘yinida, 3 soat YouTube’da video tomosha qilishda, 1,5 soat internetda foydalanishda, 1,5 soat Instagram’da faoliyat yuritishda hamda 4K formatda video suratga olish jarayonida sinovdan o‘tkazilgan.

Smartfon modeliBatareya ishlash vaqti
Xiaomi 17 Pro Max13 soat 36 daqiqa
iPhone 17 Pro Max13 soat 31 daqiqa
Xiaomi 15 Pro12 soat 31 daqiqa
OnePlus 1311 soat 56 daqiqa
Pixel 10 Pro XL11 soat 28 daqiqa
Galaxy S25 Ultra11 soat 20 daqiqa

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi 17 smartfonlari O‘zbekistonda qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek