Honor Magic8 taqdimoti 15-oktabrda o‘tkaziladi

9-oktabr 2025 10:47 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Honor Magic8
Honor Magic8 taqdimoti 15-oktabrda o‘tkaziladi / Foto: tech advisor

Honor kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan Honor Magic8 va Magic8 Pro smartfonlarining taqdimot sanasi e’lon qilindi. Qurilmalar 15-oktabr kuni Xitoyda rasman namoyish etiladi.

GSMArena nashri kompaniyaning Honor Magic8 Ultra modeli haqida ham ilk tafsilotlarni ma’lum qildi. Unga ko‘ra, smartfon uchta asosiy kameradan iborat tizimga ega bo‘ladi. Ulardan biri 200 megapikselli sensorli telefoto modul bo‘lib, asosiy modulda esa OmniVision sensori qo‘llanadi.

Foto: Honor

Ma’lumotlarga ko‘ra, Magic8 Ultra va Magic8 Mini modellarining taqdimoti 2026-yilda o‘tkaziladi. Taqdim etiladigan barcha modellar Snapdragon 8 Elite Gen 5 platformasida ishlaydi.

Honor haqida

Honor Xitoyning smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bo‘lib, 2013-yilda Huawei’ning sho‘ba brendi sifatida tashkil etilgan. Brendning asosiy maqsadi o‘rta va yuqori narx segmentidagi telefonlar ishlab chiqish edi. 2020-yilda Huawei kompaniyasi AQSh sanksiyalari sababli Honor’ni Shenzhen Zhixin New Information Technology Co. Ltd. kompaniyasiga sotdi. Shu vaqtdan boshlab Honor mustaqil ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Foto: GSMArena

Honor o‘z smartfonlarini Android tizimida ishlab chiqaradi va MagicOS nomli o‘z interfeysidan foydalanadi. 2021-yildan boshlab kompaniya Google xizmatlarini qayta qo‘llash imkoniga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Honor X9d smartfoni Malayziya va Singapurda sotuv bo‘yicha rekord o‘rnatgani haqida yozgan edi.

Shuningdek