Chery Fulwin T11 avtomobili haqida nimalar ma’lum

14-oktabr 2025 09:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chery Fulwin T11 avtomobili
Chery Fulwin T11 avtomobili haqida nimalar ma’lum / Foto: Autohome

Chery kompaniyasi Chery Fulwin T11 avtomobili uchun oldindan buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Bu haqda Autohome nashri xabar bermoqda.

Avtomobil Li Auto L9 modeli bilan o‘lcham va ichki dizayn jihatidan raqobat qilishi aytilmoqda. Model to‘rtta komplektatsiyada taqdim etiladi. Uning narxi 200 ming yuandan ($28 ming) boshlanadi.

Chery Fulwin T11 avtomobili / Foto: Autohome

Texnik ko‘rsatkichlar

Avtomobilning uzunligi 5205 mm, eni 1998 mm, balandligi 1800 mm, g‘ildirak bazasi esa 3120 mm. Disklar 21 dyuymli.

Salon va texnologiyalar

Ichki qismi Li Auto uslubida yaratilgan. Old panelda kichik raqamli displey va 30 dyuymli multimedia ekrani joylashgan. Har bir modelda 11 ta xavfsizlik yostiqchasi standart tarzda mavjud. Shuningdek, 360° kamera tizimi, proektsion ekran, hamda 27 sensor va lidar asosidagi Falcon 700 haydovchiga yordam tizimi o‘rnatilgan.

Foto: Autohome

Top versiyada 23 ta dinamikli 2880 Vt audio tizimi va orqa yo‘lovchilar uchun 17,3 dyuymli ekran mavjud. Ikkinchi qatordagi o‘rindiqlar 14 yo‘nalishda sozlanadi, isitish, shamollatish va massaj funksiyalari bilan jihozlangan.

Dvigatel va yurish zaxirasi

Fulwin T11 1,5 litrli 156 ot kuchiga ega turbo dvigatel va ikki elektromotorli gibrid tizim bilan jihozlangan. Umumiy quvvat 469 ot kuchiga teng (orqa g‘ildirakli versiyada 265 ot kuchi).

Foto: Autohome

Batareya sig‘imi 33,68 yoki 39,9 kVt/soat, to‘liq elektrda yurish masofasi 170 – 180 km (WLTC), umumiy yurish masofasi esa 1400 kmni (CLTC) tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chery Fulwin T11 uchun 13-oktabrdan oldindan buyurtma qabul qilinishi haqida yozgan edi.

Shuningdek