The Guardian o‘zbekistonlik futbolchini eng iqtidorli 60 nafar futbolchisi ro‘yxatiga kiritdi

15-oktabr 2025 15:39 eʼlon qilindi

(15-oktabr 2025 23:04 yangilandi)
Sardor Saidov

Sardor Saidov

Foto: O‘FA

Buyuk Britaniyaning nufuzli The Guardian nashri 2008-yilda tug‘ilgan eng iqtidorli 60 nafar yosh futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi va «Bunyodkor» klubi futbolchisi Sadriddin Hasanov ham joy oldi.

Hasanov Osiyo U-17 chempionatidagi yorqin o‘yinlari bilan e’tibor qozongan. Turnir davomida to‘rtta gol urgan Hasanov musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

«Chap qanotdan ichkariga yorib kirishni yoqtiradigan, tezligi, kuchli zarbasi va gol sezish qobiliyati bilan ajralib turadi. U Osiyoda Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi unvoniga da’vogar», — deyiladi The Guardian nashri xabarida.

Top-60 iqtidorli futbolchilar
Foto: The Guardian

Nashr e’lon qilgan ro‘yxatda, shuningdek, «Barselona» klubi vakillari Toni Fernandes va Niko Gilyen, «Bavariya» yarim himoyachisi Karl Lennart, «PSJ» hujumchisi Ibrahim Mbaye, «Borussiya Dortmund» forvardi Samuel Inasio, shuningdek, Qozog‘istonning «Qayrat» jamoasi a’zosi Dastan Satpayev ham o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, The Guardian bu an’anaviy tanlovni har yili o‘tkazadi. Ilgari o‘zbekistonlik futbolchilardan Jasurbek Jaloliddinov (2019) va Azizbek To‘lqinbekov (2024) ham mazkur ro‘yxatdan joy olgan edi.

Avvalroq Kursiv O‘zbekistan mahalliy futbol mutaxassislari ilk bor FIFA qo‘mitalariga tayinlangani haqida xabar bergandi.

Shuningdek