
Yaponiya tahlilchilari ma’lumotiga ko‘ra, iPhone Air modeli Apple kutgan darajada muvaffaqiyatli bo‘lmadi.
Mizuho Securities kompaniyasi iPhone Air ishlab chiqarish prognozini 1 mln donaga kamaytirganini bildirdi — bunga past talab sabab bo‘lgan.
Tahlilchilarning fikricha, yangi iPhone seriyasidagi boshqa modellar yaxshi sotilmoqda, ammo aynan Air modeli foydalanuvchilar orasida unchalik ommalashmadi.
Shunga o‘xshash vaziyat Samsung’da ham kuzatilmoqda. Kompaniya Galaxy Edge liniyasining yangi avlodini chiqarmaslikka qaror qilgan va joriy model ishlab chiqarilishini to‘xtatmoqda.
Mutaxassislar buni shunday izohlaydi: yupqa flagman smartfonlar ko‘p hollarda batareya hajmi, kamera soni yoki funksionallikda murosaga borishga majbur bo‘ladi. Masalan, iPhone Air faqat bitta kamera va stereo dinamiklarsiz taqdim etilgan, Galaxy Edge esa uchinchi kameradan mahrum.
Yupqa dizayn afzal bo‘lishiga qaramay, foydalanuvchilar amaliy imkoniyatlarni: kuchli batareya va ko‘p funksiyali kameralarni ustun qo‘yayotgani ko‘rinmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan iPhone Air smartfonining afzalligi nimada ekanligi haqida xabar bergan edi.