OnePlus 15 global versiyasi Geekbench’da paydo bo‘ldi

20-oktabr 2025 11:33 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
OnePlus 15
OnePlus 15 global versiyasi Geekbench’da paydo bo‘ldi / Foto: OnePlus

Yaqinda OnePlus 15 smartfonining global versiyasi Geekbench ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Qurilma CPH2745 modeli sifatida qayd etilgan, Xitoy bozoridagi varianti esa PLK110 nomi ostida tanilgan.

Test natijalariga ko‘ra, OnePlus 15 Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi va 3615 ball (bir yadro), 10 261 ball (ko‘p yadro) ko‘rsatkichlarini qayd etgan. Bu chip hozircha Qualcomm oilasidagi eng kuchli tizimlardan biri hisoblanadi.

Smartfon 12 GB tezkor xotira bilan jihozlangan va Android 16 tizimi asosidagi OxygenOS 16 interfeysida ishlaydi. Xitoy versiyasi esa an’anaviy tarzda ColorOS 16 bilan chiqadi.

Qurilmada 6,78 dyuymli BOE X3 OLED displey o‘rnatilgan bo‘lib, u 1.5K aniqlik, 165 Hz yangilanish tezligi va ultratovush barmoq skanerini qo‘llab-quvvatlaydi.

7300 mA/soat sig‘imli akkumulyator 120 Vt simli va 50 Vt simsiz quvvatlashni qo‘llaydi.

Kamera tizimi ham flagman darajada:

  • 50 MP Sony LYT-700 asosiy kamera (optik stabilizatsiya bilan);
  • 50 MP ultrakeng modul;
  • 50 MP Samsung JN5 periskop kamera.

Smartfonning global taqdimoti yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan OnePlus 15 smartfonining kamera imkoniyatlari taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

OnePlus kompaniyasi tomonidan OnePlus 15 smartfoning kamera imkoniyatlari e’lon qilindi. Bu haqda Weibo tarmog‘ida ma’lum qilindi.

Rasmlar yuqori aniqlikda bo‘lib, qurilmaning asosiy imkoniyatlarini ko‘rsatib bergan. Smartfon tekis 165 Hz yangilanish chastotali panel va atigi 1,15 mm qalinlikdagi tor ramka bilan chiqadi. Ekran 1,5K aniqlikka ega. Qurilma Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi, Geekbench esa 16 GB tezkor xotiraga ega versiyasini tasdiqlagan. Samrtfon Android 16’da ishlaydi: Xitoy bozorida ColorOS 16, xalqaro bozorda esa OxygenOS 16 bilan taqdim etiladi.

Shuningdek