Yangi Jetour Zongheng G700 avtomobili qanday xususiyatlarga ega

20-oktabr 2025 14:21 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Jetour

Chery kompaniyasining Jetour brendi 19-oktabr kuni yangi Jetour Zongheng G700 gibrid modelini rasman taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Model to‘rtta komplektatsiyada sotuvga chiqdi, narxi 329,9 ming yuandan 414,9 ming yuangacha (taxminan $46,3 ming – $58,2 ming) etib belgilangan.

Yangi Zongheng G700 1 400 km masofani bosib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lib, tashqi kislorod generatori va harbiy darajadagi turboprop tizimi bilan jihozlangan.

Foto: CarNewsChina

Uning o‘lchamlari 5198×2050×1956 mm, g‘ildirak bazasi esa 2870 mmni tashkil etadi. Og‘irligi 3 tonna, tirkama tortish quvvati esa 2,5 tonnani tashkil etadi. Avtomobil 5 va 6 o‘rindiqli variantlarda, 7 xil rangda – to‘q sariq, ko‘k, jigarrang, kumush, qora, oq va kulrang – taqdim etilgan.

Daryo sinovi va harbiy turboprop tizimi

Yaqinda Jetour Zongheng G700 Yanszi daryosini 22 daqiqada bosib o‘tgan ilk SUV bo‘ldi. Orqa qismida joylashgan ikkita turboprop har biri 18 kVt (24 ot kuchi) quvvat ishlab chiqaradi va jami 3 000 N itaruvchi kuch hosil qiladi. Avtomobilning suvda yurish chuqurligi 970 mm, kirish burchagi 35°, chiqish burchagi 28°.

Foto: CarNewsChina

Texnologiya va kislorod tizimi

Modelda 3 litr/min hajmda kislorod ishlab chiqaruvchi tashqi generator mavjud. Bu tizim baland tog‘li hududlarda haydovchi va yo‘lovchilar uchun qulay muhit yaratadi.

Zongheng G700’ning aqlli boshqaruv tizimi ikki turda taklif etiladi:

  • Falcon 500 — 28 sensorli Chery tizimi (asosiy model).
  • Falcon 700 — Huawei Qiankun ADS 4.0 platformasiga asoslangan tizim (yuqori toifadagi model).

Dvigatel va quvvat tizimi

Avtomobil Chery Kunpeng CDM-O gibrid tizimiga asoslangan bo‘lib, 2.0 TD dvigatel va ikki elektromotordan iborat. 2 pog‘onali DHT transmissiya bilan birgalikda tizim umumiy 665 kVt (892 ot kuchi) quvvat va 1 135 Nm aylanish momenti ishlab chiqaradi. 0 dan 100 km/soatgacha tezlanish 4,6 soniyada amalga oshadi.

Dvigatelning o‘zi 208 ot kuchiga ega bo‘lib, yonilg‘i samaradorligi 45,5%ni tashkil etadi.

Foto: CarNewsChina

Batareya va masofa

Model CATL kompaniyasining 31,4 kVt·soatlik Shenxing (LFP) batareyasi bilan jihozlangan. U faqat elektrda 150 km masofani bosib o‘tadi. To‘liq zaryad va 100 litrlik yoqilg‘i bakida umumiy yurish masofasi 1 400 kmni tashkil etadi. Tez zaryadlash rejimida batareya 10 daqiqada 20% dan 80% gacha to‘ldiriladi.

Ichki dizayn va funksiyalar

Salonda 35,4 dyuymli 3K panel, 15,6 dyuymli markaziy sensor ekran va (yuqori toifalarda) 17,3 dyuymli shift ekran o‘rnatilgan. Shuningdek, Lexicon audio tizimi va sun’iy yo‘ldosh aloqa funksiyasi opsiya sifatida mavjud.

Avtomobilning XWD aqlli boshqaruv tizimi 14 dan ortiq haydash rejimini qo‘llab-quvvatlaydi. «X Mode» funksiyasi yo‘l sharoitini avtomatik aniqlab, mos rejimga o‘tadi. Avtomobil maksimal 70% tik qiyalikda to‘xtay oladi.

Avvalroq Jetour Zongheng G700 avtomobili oktabr oyida taqdim etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek