Porsche Panamera Turbo GT avtomobilining suratlari tarqaldi

21-oktabr 2025 10:58 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Porsche Panamera Turbo GT rasmlari tarqaldi / Foto: carbuzz.com

Nyurburgring poyga trassasida sinovdan o‘tayotgan yangi Porsche Panamera Turbo GT prototipining suratlari tarqaldi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

To‘rt eshikli kupening bu versiyasi kompaniyaning eng tezkor Panamera modeli bo‘lishi kutilmoqda. Hozirda to‘rt eshikli sedanlar orasida Nyurburgring rekordi 1500 ot kuchiga ega Xiaomi SU7 Ultra’ga tegishli (7:04.957). Porsche esa bu natijani yangilashni maqsad qilgan – Taycan Turbo GT ilgari 7:07.55 natija ko‘rsatgan, hozirgi Panamera esa 7:24.172 da aylana bosib o‘tgan.

Yangi Panamera Turbo GT katta fiksatsiyalangan orqa spoyler bilan jihozlangan. Bu element yuqori tezlikda aerodinamik bosimni oshirish uchun ishlab chiqilgan. Shuningdek, avtomobil karbon-keramik tormoz disklari va Porsche GT seriyasiga xos shamollatish teshiklari bilan ham ajralib turadi.

Foto: carbuzz.com

Sinov paytida kuzatilganidek, avtomobil kuchli V8 dvigateli tovushini chiqarmoqda. Shu bilan birga, kuzovdagi sariq belgilar uning yuqori voltli akkumulyator tizimiga ega gibrid (PHEV) versiya ekanidan dalolat beradi.

Taxminlarga ko‘ra, yangi Panamera Turbo GT 650 ot kuchiga ega V8 dvigatel va Turbo S E-Hybrid’dagi elektromotor bilan birgalikda jami 800 ot kuchigacha quvvat ishlab chiqaradi. Shu sabab u nafaqat Porsche tarixidagi eng kuchli Panamera, balki Xiaomi SU7 Ultra bilan bir qatorda eng tezkor sedanlardan biriga aylanishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Porsche birinchi to‘liq elektr Macan GTS modelini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek