Stelato S9 2026 avtomobili taqdim etildi

27-oktabr 2025 10:52 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: HIMA

Stelato brendi tomonidan yangilangan Stelato S9 2026 avtomobili namoyish etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Model tashqi dizayn, texnologik imkoniyatlar va Huawei ADS 4 aqlli haydovchi yordam tizimi bilan yangilandi. Yangi avtomobilning savdosi noyabr oyida boshlanishi kutilmoqda.

Foto: HIMA

Yangilangan dizayn

2026-yilgi Stelato S9 o‘zining avvalgi ko‘rinishini saqlab qolgan, biroq ayrim tafsilotlar zamonaviylashtirilgan. Old qismda Universe Headlight dizayni o‘rniga yangi Brilliant Star River faralar o‘rnatilgan. Shuningdek, mashina endi Universe Star nomli yangi brend belgisi bilan jihozlangan.

Yon tomonda minimalistik chiziqlar saqlanib qolgan bo‘lib, endi yangi disk turlari va elektron orqa ko‘rish oynalari opsiya sifatida taqdim etiladi. Orqa qismda esa Nebula Through-type orqa chiroqlar o‘rnatilib, ustki qismdan pastki qismga ko‘chirilgan Stelato logotipi joylashgan.

Foto: Hima

Avtomobilning o‘lchamlari ham diqqatni tortadi. Uning uzunligi – 5160 mm, eni – 2005 mm, balandligi – 1492 mm, g‘ildirak bazasi – 3050 mmni tashkil etadi.

Huawei ADS 4 tizimi bilan jihozlangan

Stelato S9’ning asosiy yangiligi – bu Huawei Qiankun ADS 4 aqlli haydovchi yordam tizimidir. Unda to‘rtta LiDAR datchigi, 4D millimetr to‘lqinli radarlar, hamda 36 ta yuqori aniqlikdagi sensor o‘rnatilgan.

Bu tizim avtomobilga mustaqil harakatlanish, xavfsizlikni oshirish va yo‘l holatiga tezkor moslashish imkonini beradi.

Texnik ko‘rsatkichlar

Foto: HIMA

Yangi Stelato S9 ikkita versiyada ishlab chiqiladi:

To‘liq elektr (EV) versiyasi 800V platformada qurilgan bo‘lib, TZ210XYA03 elektromotori 227 kVt (304 ot kuchi) quvvat ishlab chiqaradi. Uning yurish masofasi 800 km dan ortiq.

Gibrid (uzaytirilgan masofa) versiyasi Huawei Xuexiao tizimi bilan jihozlanadi va umumiy CLTC bo‘yicha 1300 km dan ortiq masofani bosib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chery Exeed Exlantix ET5 avtomobili sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek