Geymerlar uchun eng yaxshi Xiaomi smartfonlari

28-oktabr 2025 09:52 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Geymerlar uchun eng yaxshi Xiaomi smartfonlari
Geymerlar uchun eng yaxshi Xiaomi smartfonlari / Foto: Palach

Geymerlar uchun eng kuchli telefonni olish uchun RGB chiroqlar va qo‘shimcha sovitkichlar shart emas. Kursiv Uzbekistan Palach nashriga atayanib, geymerlar uchun eng yaxshi Xiaomi smartfonlari haqida ma’lumotlarni bir joyga jamladi.

Xiaomi Poco F7 Ultra — kuchli flagman

Geymerlar uchun eng yaxshi Xiaomi smartfonlari
Foto: nextpit

Poco F7 Ultra — 2025-yilning premium darajadagi modeli. Sportkar uslubidagi qora va sariq dizayni bilan ajralib turadi. Qurilmada Snapdragon 8 Elite protsessori, 12 GB tezkor xotira va 512 GB doimiy xotira mavjud.

144 Hz chastotali AMOLED displey va bug‘ kamerali sovitish tizimi o‘yin paytida barqaror ishlashni ta’minlaydi. 5300 mA/soatli batareya 120 Vt tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Atigi 20 daqiqada to‘liq zaryad.

Xiaomi 15T Pro — muvozanatli flagman

Geymerlar uchun eng yaxshi Xiaomi smartfonlari
Foto: Cnet

Ushbu modelni mutaxassislar eng muvozanatli deb atashdi. Unda Dimensity 9400+ chipi, 1,5K aniqlikdagi 144 Hz AMOLED ekran, 12 GB RAM va 50 + 50 + 12 MP kameralar mavjud.

Kamera tizimi optik stabilizatsiyaga ega, video sifatini saqlab qoladi. Batareya 5500 mA/soat bo‘lib, 90 Vt tezkor zaryad bilan qulay foydalanish imkonini beradi.

Xiaomi Redmi Note 15 Pro+ 5G

Geymerlar uchun eng yaxshi Xiaomi smartfonlari
Foto: Xiaomi

Bu modelni topish qiyin, lekin global versiyasi Xitoyda sotuvda mavjud. Snapdragon 7s Gen 4 protsessori yangi o‘yinlarni bemalol ko‘taradi, yangilangan sovitish tizimi esa qizib ketish muammosini kamaytiradi.

120 Hz OLED ekrani, 12 GB RAM va 7000 mA/soatli batareya uzoq o‘yin seanslari uchun juda qulay. Tezkor zaryadlash – 90 Vt.

Poco X7 Pro — qulay narxda yuqori unumdorlik

Geymerlar uchun eng yaxshi Xiaomi smartfonlari
Foto: expert reviews

Ushbu model dizayn, narx va unumdorlik bo‘yicha eng muvofiq yechim sifatida e’tirof etildi. Dimensity 8400-Ultra protsessori, 6,67 dyuymli AMOLED ekran (120 Hz), 50 MP kamera va 6000 mA/soat batareya bilan jihozlangan. 90 Vt tezkor zaryadlash tufayli qurilma har doim o‘yin uchun tayyor bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda TikTok uchun eng yaxshi smartfonlar haqida yozgan edi.

Shuningdek