O‘zbekistonda to‘qqiz oyda 29 ta sport inshooti foydalanishga topshirildi

3-noyabr 2025 11:28 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
sport kompleksi
O‘zbekistonda to‘qqiz oyda 29 ta sport inshooti foydalanishga topshirildi. Foto: Depositphotos

2025-yilning yanvar – sentabr oylarida mamlakat bo‘ylab jami 29 ta sport inshooti ishga tushirildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ushbu loyihalar uchun respublika budjetidan 180,6 milliard so‘m miqdorida investitsiya yo‘naltirilgan.

Eng ko‘p sport obyektlari Namangan (12 ta) va Buxoro (7 ta) viloyatlarida foydalanishga topshirilgan. Qashqadaryo, Xorazm, Andijon viloyatlari va Toshkent shahrida ikkitadan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida esa bittadan sport inshootlari qurilgan.

Avvalroq Qatar mezbonlik qiladigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun O‘zbekiston U-17 terma jamoasi yakuniy tarkibni e’lon qilgandi. O‘zbekiston «J» guruhidan Paragvay, Panama va Irlandiya bilan birgalikda o‘rin olgan. Vakillarimiz musobaqadagi ishtirokini 5-noyabr kuni Paragvayga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. 

Shuningdek