Qozog‘istonning uchta futbol klubi noyabr oyi oxirigacha xususiylashtiriladi

4-noyabr 2025 16:58 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Qozog‘iston futbol federatsiyasi

Qozog‘istonning uchta futbol klubi noyabr oyi oxirigacha xususiylashtiriladi. Bu haqda Kursiv Media nashri xabar berdi.

Qozog‘iston futbol federatsiyasi bosh kotibi David Loriyaning ma’lum qilishicha, «Qaysar» klubi «TAU Group LTD» kompaniyasi tasarrufiga o‘tgan. Yangi egalar jamoa va futbol akademiyasi rivojiga 12 milliard tenge sarmoya kiritadi.

15-noyabrgacha «Qizil-Jar» va «Jenis» klublari ham yangi investorlar qo‘liga o‘tadi. «Jenis» uchun futbol akademiyasi qurilishiga yer ajratilgan bo‘lib, sarmoya hajmi 16 milliard tenge atrofida bo‘ladi. Shuningdek, noyabr oxirigacha Karagandaning «Shaxtyor» klubi ham xususiylashtirilishi rejalashtirilgan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev futbolni rivojlantirish uchun uning tijoratlashuvi zarurligini ta’kidladi.

«Busiz Qozog‘iston futboli rivoj topmaydi. Futbolni daromad keltiruvchi biznes-industriya sifatida ko‘rish kerak», – dedi davlat rahbari.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘istonda futbolchi o‘yin paytida vafot etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek