Samsung Galaxy S26 Ultra dizayni renderlarda ko‘rsatildi — foto

6-noyabr 2025 08:54 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung
Samsung Galaxy S26 Ultra dizayni yangilandi / Foto: Ochiq manba

Samsung kompaniyasining yangi smartfonlariga oid render tasvirlar e’lon qilindi. Unda Samsung Galaxy S26 Ultra va Galaxy S25 Ultra yonma-yon ko‘rsatilgan.

Mazkur tasvirlar orqali ikki model o‘rtasidagi dizayn farqlarini solishtirish mumkin.

Foto: Ice Universe

Asosiy o‘zgarish – korpus burchaklari yanada yumaloqlashgan. Shu bilan birga, ekran ramkasi haqida ma’lumot berilmagan, biroq himoya oynalarining haqiqiy suratlari asosida farq katta emasligi aytilmoqda.

Foto: Ice Universe

Rasmiy taqdimot 2026-yil boshida o‘tkazilishi kutilmoqda. Galaxy S26 seriyasi uchun ikki xil protsessor qo‘llanilishi aytilmoqda: Samsung Exynos 2600 va Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 5 for Galaxy. Shuningdek, yangi flagmanlar sun’iy intellekt imkoniyatlari va yangilangan kamera datchiklariga ega bo‘ladi.

Foto: Ice Universe

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 smartfoni haqida yozgan edi.

Shuningdek