
Apple kompaniyasi iPhone Air’ning ikkinchi avlodini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Weibo ma’lum qildi.
Yangi model ultra yupqa va yengil korpusini saqlab qoladi. Kutilishicha, iPhone 18 Air ikki kamerali bo‘ladi: 48 megapikselli asosiy sensor va 48 megapikselli keng burchakli modul. Qurilmada 6,5 dyuymli yuqori yangilanish chastotali ekran va 3D yuzni aniqlash funksiyasi mavjud bo‘ladi.
Yangi model A20 Pro chipi bilan jihozlanishi kutilmoqda, bu esa ishlash tezligi va samaradorlikni oshiradi. Birinchi avlod bilan solishtirganda bu sezilarli yangilanish bo‘ladi.
Apple iPhone Air sotuvlari past bo‘lganligi sababli ishlab chiqarishni qisqartirmoqda, ammo boshqa modellarning ishlab chiqarilishini oshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple iOS 26.1 versiyasini taqdim etgan edi.