
Qualcomm kompaniyasi Samsung Galaxy S26 liniyasidagi smartfonlarning qariyb 75 foizi yangi Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipida ishlashini ma’lum qildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Ushbu ko‘rsatkich kompaniyaning 2025-yil to‘rtinchi chorak hisobotida tasdiqlandi. Qualcomm vakili avval standart nisbat 50 foiz bo‘lganini, Galaxy S25 liniyasida esa 100 foiz Qualcomm chiplari qo‘llanganini eslatdi. Endi esa Samsung har bir yangi Galaxy seriyasida kamida 75 foiz ulushni Qualcommga berishi kutilmoqda.
Galaxy S26 qatorida o‘zining Exynos 2600 chipini ham qo‘llashi haqida ilgari ko‘p bor xabarlar chiqqan edi. Qualcomm bayonotiga ko‘ra, Exynos 2600 liniyadagi qurilmalarning qolgan chorak qismida ishlatiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Galaxy S26 Ultra dizayni renderlarda ko‘rsatilgani haqida yozgan edi.