
NIO kompaniyasining Onvo L60 elektromobili ilk bor O‘zbekiston bozoriga chiqdi. Bu haqda EV (Electriv-Vechicles) nashri xabar bermoqda.
Chorshanba, 5-noyabr kuni L60 elektromobillarining dastlabki partiyasi Toshkentga yetib kelgani tasdiqlandi. O‘zbekiston Onvo uchun birinchi xalqaro bozorga aylandi.
Bu yangilik ikki hafta avval Li Auto kompaniyasi O‘zbekiston va Qozog‘istonga kirganini e’lon qilganidan keyin paydo bo‘ldi.
O‘zbekistondagi biznes modeli
NIO guruhi avgust oyida O‘zbekistonga kirishini rasman ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra, guruhning NIO, Onvo va yangi Firefly brendlari mamlakat bozoriga chiqariladi.

Ushbu kompaniya yirik savdo-logistika tarmog‘i, ko‘plab savdo maydonchalari va avtomobil savdosidagi faoliyati bilan tanilgan.
Shuningdek, NIO O‘zbekistonda ET5 va ET5 Touring sedanlari, shuningdek, xalqaro bozorda EL8 va EL6 nomida sotiladigan ES8 va ES6 krossoverlarini ham taqdim etadi.
Firefly brendi bozorimizga kirishi haqida ma’lumot berilgan bo‘lsa-da, uning birinchi modeli qachon sotuvga chiqishi hozircha ochiqlanmagan.
Yevropadagi kengayish
NIO yaqinda Firefly modelini Yevropada — Norvegiya va Niderlandiyada sotuvga chiqardi. Oslo shahridagi birinchi Yevropa butikida kompaniya asoschisi Uilyam Li Onvo brendi Yevropaga 2027-yildan kirishini ma’lum qildi.

Kompaniya kelgusi yilda yangi bozorlarni ham ochishini tasdiqladi. Xitoy bozoriga xos ayrim modellarning xalqaro bozorlarga chiqarilishi borasida ham muhokamalar davom etmoqda.
Model sotish strategiyasi o‘zgarmoqda
NIO avval Yevropada bevosita iste’molchi bilan ishlash modelini qo‘llagan edi. Endi esa yangi bozorlar uchun dilerlik tizimiga o‘tayotgani aytilmoqda. Bu strategiya talabni oshirishga qaratilgan.
Kompaniya shu yil yakuniga qadar Belgiya, Avstriya, Gretsiya, Vengriya va Portugaliyaga lokal hamkorlar orqali kirishni rejalashtirgan. Kelasi yilda esa Kosta-Rika, Singapur, Ruminiya, Chexiya, Polsha va Lyuksemburg bozorlariga chiqishi kutilmoqda.
Yaqinda NIO guruhining Armaniston bozoriga ham kirishi tasdiqlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri NIO kompaniyasi Markaziy Osiyo bozoriga O‘zbekiston orqali kirishi haqida yozgan edi.