
Chevrolet kompaniyasi AQShda Chevrolet Tracker avtomobili uchun yangi narxlarni belgiladi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.
2026-yilgi Tracker liniyasi LS, 1RS, LT, 2RS va Activ kabi besh xil darajada taqdim etiladi. Narxlar $22 995 dan boshlanib, yuqori rusumlar uchun $26 695 gacha yetadi. Barcha narxlarga $1 395 miqdoridagi yetkazib berish to‘lovi kiritilgan.
2026-yilgi Tracker avvalgi avlodga nisbatan jiddiy o‘zgarishlarga ega emas. Kompaniya faqat ikkita yangi kuzov rangini qo‘shgan. Mashina 1,2 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 137 ot kuchi ishlab chiqaradi. Model E85 yonilg‘isi bilan ishlay oladi, biroq 2025-yildagi kabi yuk tortishga mo‘ljallanmagan.

Narxlar:
| Model | Narx (AQSh dollari) |
|---|---|
| Tracker LS | $22 995 |
| Tracker 1RS | $24 495 |
| Tracker LT | $24 495 |
| Tracker 2RS | $26 695 |
| Tracker Activ | $26 695 |
| Tracker LS (boshlang‘ich) | $21 600 |

Model uchun 1-dekabrgacha chegirmalar belgilangan. Noyabr oyidagi asosiy taklif 6,6 foizlik kredit bo‘lib, xaridorlar mashinani 72 oygacha foiz stavkasi bilan sotib olishi mumkin. 84 oylik muddat uchun esa foiz stavkasi 7,1 foiz etib belgilangan. Barcha kreditlar GM Financial orqali rasmiylashtiriladi.
Lizing bo‘yicha quyidagi takliflar taqdim etilgan. 2026 Tracker Activ modeli Los-Anjeles bozorida oyiga $383 evaziga 27 oylik muddat bilan taklif qilinmoqda. Mashina yiliga 10 ming mil yurishga mo‘ljallangan. Mashinani olish uchun $2 883 miqdorida boshlang‘ich to‘lov talab etiladi.
Nyu-York bozorida esa 2026 Tracker 1RS modeli oyiga $349 evaziga 27 oylik muddat bilan lizingga beriladi. Dastlabki to‘lov $2 849 etib belgilangan.

2026-yilgi Tracker avvalgi avlodga nisbatan jiddiy o‘zgarishlarga ega emas. Kompaniya faqat ikkita yangi kuzov rangini qo‘shgan. Mashina 1,2 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 137 ot kuchi ishlab chiqaradi. Model E85 yonilg‘isi bilan ishlay oladi, biroq 2025-yildagi kabi yuk tortishga mo‘ljallanmagan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet’ning yangi avtomobili Yaqin Sharq mamlakatlarida savdoga chiqarilgani va Chevrolet Cobalt Qozog‘istonda arzonlashgani haqida yozgan edi.