
Honor 500 va Honor 500 Pro Snapdragon 8 seriyali platforma bilan chiqadi. Bu haqda IThome nashri xabar bermoqda. Bu qaror qurilmaga tejamkorlikni oshirish va o‘yinlardagi samaradorlikni yaxshilashga qaratilgan.
Unga ko‘ra, ikkala model ham Phantom Engine 3.0 texnologiyasini oladi. Ushbu tizim flagman Honor smartfonlarida ham qo‘llanadi. O‘yin jarayonida kadrlardagi barqarorlik, qurilmaning issiqlikka chidamliligi va grafik ishlanmani silliq ta’minlash aynan shu texnologiya yordamida kuchayadi.
Honor 500 Pro haqida tarqalgan ma’lumotlarda yana bir nechta ahamiyatli jihatlar qayd etilgan.
Modelga Snapdragon 8 Elite protsessori, 8000 mA/soat sig‘imli yirik batareya, 200 megapikselli asosiy kamera va periskop moduli o‘rnatilishi aytilmoqda. Qurilma metall yon ramkaga ega bo‘ladi, barmoq izini aniqlash esa ultratovush skaneri orqali bajariladi.
Honor 500 seriyasi haqida rasmiy taqdimot sanasi hali ochiqlanmagan. Biroq taqdim etilgan texnik ma’lumotlarning o‘ziyoq seriya o‘rta sinf bozorida kuchli raqobat yaratishini ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri oktabr oyining eng yaxshi smartfonlari reytingi e’lon qilingani haqida yozgan edi.