
Samsung Galaxy S26 Ultra old kamera teshigi 4 mmga yetadi va ekran ramkasi biroz kengayadi. Bu haqda insayder Ice Universe ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, old kamera ko‘rish burchagining 85° ga oshirilishi orqali guruh selfilari uchun ko‘proq maydon hosil bo‘ladi.

Old kamera texnikasi S25 Ultra bilan bir xil bo‘lib, yangi model ekran va ramka dizayni bilan yangi avlod Xitoy flagmanlariga yaqinlashadi. Galaxy S26 Ultra foydalanuvchilarga yanada kengroq ko‘rinish va yuqori sifatli selfilar imkonini beradi.
Galaxy S26 telefonlari 2026-yil fevralda sotuvga chiqadi, S26 Ultra esa barcha bozorlarda Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi bilan taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S27 Ultra yangi yuzni aniqlash texnologiyasiga ega bo‘lishi haqida yozgan edik.